Shaxodatlash (attestasiyadan o'tkazish)
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UKJamiyatda ish joylarini shaxodatlash xizmatini (keyingi o'rinlarda tovarlar/ishlar, xizmatlar)elektron tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining -Xll bobi “Mehnatni muhofaza qilish” 211-moddasida”Mehnatni muhofaza qilish talablari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi “Xodimlar mexnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to’g’risida”263-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rayman.
№ п/п | Tovar/ish, xizmatlar nomi | Tovarlarning sifati, texnik tavsiflari, xavfsizligi, funktsional xususiyatlari (iste'mol xususiyatlari), o'lchamlari, qadoqlanishi, jo'natilishi va boshqa zarur ko'rsatkichlarga qo'yiladigan talablar | O’l-chov birligi(xizmat) | Miq-dori |
“Hududgazt”aminot” AJ ijro apparatida mexnat qilayotgan 234 ta lavozimlarning mehnat sharoitlarini qonun doirasida baholash uchun Jamiyatda ish joylarini shaxodatlash (attestasiyadan o’tkazish) xizmatini xarid qilish | Tasdiqlangan texnik topshiriq ilova qilinadi | dona | 234 |
Siz taqdim etgan ma'lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:
a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)
• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;
• yetkazib berish davriyligi: _____________;
b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati: __________.
v) to'lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq;
d) tovarlarning saqlash muddatiga qo'yiladigan talablar: _____________;
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so'rovda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.
Javoblaringizni [email protected], [email protected] elektron pochta orqali. va/yoki korxona ofisiga yuboring.