Korxona faoliyatining maqsadi va turlari - «Hududgaz komplektatsiya»

Korxona oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olishdir. Korxona oʻzining asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

- Taʼsischi tomonidan tasdiqlangan uning moddiy-texnik resurslari va bajarilishi lozim boʻlgan texnik ishlab chiqarishga oid ish va xizmatlar ehtiyojini taʼminlashga doir dasturlarni oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish va ijro etish;

- gaz taʼminoti tizimida foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va bajarilishi lozim boʻlgan texnik ishlab chiqarishga oid ish va xizmatlarni yetkazib beruvchilarning maʼlumotlar bazasini yaratish;

- Taʼsischining talabnomasi va dasturlari asosida, amaldagi qonunchilik talablariga amal qilgan holda, taʼsischi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni moddiy-texnik resurslari bilan taʼminlash, hamda texnik ishlab chiqarishga oid ish va xizmatlarni amalga oshirishda shartnoma asosida korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda ijro etish;

- belgilangan tartibda omborxona xoʻjaligini yuritishdan iborat.

- moddiy-texnika resurslar, jalb qilingan ish va xizmatlar qonun xujjatlarda taqiqlanmagan usullarda yetkazib berish, shu jumladan sotish (realizatsiya);

- xoʼjalik shartnomalari boʼyicha eʼtirozlar va daʼvolarni taqdim etish hamda koʼrib chiqish;

- , Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan.

- Аmalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (letsenziya) talab etiladigan faoliyat turlari Korxona tomonidan unga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma (letsenziya) olinganidan keyingina amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -