XMHS asosida tuzilgan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni Auditning xalqaro standartlari talablariga muvofiq audit o‘tkazish - «Hududgaz komplektatsiya»

XMHS asosida tuzilgan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni Auditning xalqaro standartlari talablariga muvofiq audit o‘tkazish

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning moliyaviy-xojalik faoliyatini yillik auditdan otkazish xizmati xarid qilinmоqdа.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son Qonunining 102-moddasi va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasi talablaridan kelib chiqib, “Hududgazta’minot” AJning 31 dekabrda yakunlanadigan 2024 yil uchun Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) asosida tuzilgan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni Auditning xalqaro standartlari (AXS) talablariga muvofiq audit o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriqlar ilova qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida koʻrsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari toʻgʻrisida maʻlumotlarni tijorst taklifda berishingizni so’raymiz.

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, xizmat ko’rsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig`ida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanilishi kerak.

Tijorat taklifni komplektasiya.uk.20@inbox.ru yoki hududgazk@gmail.com elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

Ilova: texnik topshiriq

ТЗ_и_протокол_НТС_МСА.pdf


Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi

Tel.: +998909618777

06.12.2024 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -