“Hududgazta’minot” AJning 2024 yil uchun barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlash va ESG reytingini olish xizmati xarid qilinmoqda
Tijorat takliflarni taqdim etish boʻyicha soʻrovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning 2024 yil uchun barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlash va ESG reytingini olish xizmati xarid qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida koʻrsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari toʻgʻrisida maʻlumotlarni tijorat taklifda berishingizni soʻraymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi boʻlishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, xizmat koʻrsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirigʻida koʻrsatilgan shartlar boʻyicha shartnomaning umumiy narxi bir maʻnoda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni soʻraymiz.
Ilova: texnik topshiriq ТЗ.pdf
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish boʻlimi
Tel.: +998909618777