Toshkent shahrida yer osti gaz quvurlarida avariya holatlarini bartaraf etish jarayonida kavlangan joylarning asfalt qoplamalarini qayta tiklash - «Hududgaz komplektatsiya»

Toshkent shahrida yer osti gaz quvurlarida avariya holatlarini bartaraf etish jarayonida kavlangan joylarning asfalt qoplamalarini qayta tiklash

Korxona Raxbarlariga

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK 2023-2024-yillar davomida kavlangan joylarda asfalt qoplamasini tiklash (keyingi o'rinlarda tovarlar/ishlar, xizmatlar) yetkazib berish bo'yicha elektron tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rayman.

№ п/п

Tovar/ish, xizmatlar nomi

Tovarlarning sifati, texnik tavsiflari, xavfsizligi, funktsional xususiyatlari (iste'mol xususiyatlari), o'lchamlari, qadoqlanishi, jo'natilishi va boshqa zarur ko'rsatkichlarga qo'yiladigan talablar

O’l-chov birligi.

Miq-dori

2023-yil davomida kavlangan joylarda asfalt qoplamasini tiklash

- 2023-2024 yillar davomida “Hududgaz Poytaxt” GTF tomonidan yer osti gaz quvurlarida avariya holatlarini bartaraf etish jarayonida kavlab olingan asfalt qoplamalarini qayta tiklash uchun o’rtacha 7 000 kv/metr (prognoz) asfalt qoplash talab qilinadi.

- 2023-2024-yillar davomida kavlangan joylarni maxsus aralashma grunt bilan to’ldirish, bostirish hamda 2 qatlam (yirik va mayda) donali asfalt bilan qoplab tekislash xizmati

Kv/metr

7 000

Siz taqdim etgan ma'lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:

a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)

• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;

• yetkazib berish davriyligi: _____________;

b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati: __________.

v) to'lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq;

d) tovarlarning saqlash muddatiga qo'yiladigan talablar: _____________;

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so'rovda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.

Tijorat takliflaringizni 2023-yil 27-oktabrgacha [email protected], elektron pochta orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

20.10.2023 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -