Sig’imlar, saqlagich klapanlar va shlanglarni gidravlik sinovdan o’tkazish xizmatlari - «Hududgaz komplektatsiya»

Sig’imlar, saqlagich klapanlar va shlanglarni gidravlik sinovdan o’tkazish xizmatlari

Korxona Raxbarlariga

Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK sig’imlar, saqlagich klapanlar va shlanglarni gidravlik sinovdan o’tkazish xizmatlar ko'rsatib berish bo'yicha elektron tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

1. “Hududgaz Andijon” GTF tasarrufidagi gaz to’ldirish inshoatlaridagi 31 ta saqlagich klapan va 98 ta shlanglarni sinovdan o’tkazish.
2. “Hududgaz Surxondaryo” GTF tasarrufidagi gaz to’ldirish inshoatlaridagi 159 ta saqlagich klapanlarni sinovdan o’tkazish.
3. “Hududgaz Qashqadaryo” GTF 22 dona yarim tirkamali avtosisternalar sig’imlarining 51 ta saqlagich klapanlarni sinovdan o’tkazish.
4. “Hududgaz Xorazm” GTF tasarrufidagi gaz to’ldirish inshoatlaridagi 6 ta sig’imlarni gidravlik sinovdan va ekspertizadan o’tkazish.

Siz taqdim etgan ma'lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:
a) xizmat ko'rsatish tartibi:(misol)
• xizmat ko'rsatish muddati: _______________;
• xizmat ko'rsatish davriyligi: _____________;
b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati: __________.
v) to'lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq;

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak.
Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so'rovda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.

Javoblaringizni [email protected] elektron pochta orqali. va/yoki korxona ofisiga yuboring.

04.04.2024 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -