quvurlarni yaroqliligini aniqlash hamda guruhlarga ajratish ishlari
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ tarkibidagi gaz ta`minoti filiallari ishlab chiqarish zaruriyati bilan, amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq demontaj qilingan quvurlarni yaroqliligini aniqlash hamda guruhlarga ajratish ishlarini amalga oshirishishlari xarid qilinmоqdа.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil
20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog’liq tartib-tamoillarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarorida belgilangan tartiblari doirasida, biriktirilgan texnik topshirig`iga muvofiq ish(xizmat) narxlari va o’kazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan bir metr metal quvur narxi, ushbu texnik topshirig`ida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.