Nazorat o'lchovi xizmati
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ tarkibidagi “Hududgaz Toshkent” gaz ta`minoti filiali buyurtmachiligida Toshkent viloyatida gaz ta`minoti bo`yicha pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish montaj ishlarini nazorat o`lchovidan o`tkazish xizmati xarid qilinmоqdа.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida koʻrsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari toʻgʻrisida maʻlumot berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, shu jumladan xizmat ko’rsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig`ida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi. Tel.: +998909618777