moliyaviy hisobotlarini tezkor tayyorlash xizmati - «Hududgaz komplektatsiya»

moliyaviy hisobotlarini tezkor tayyorlash xizmati

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan Hududgaztaʻminot” AJning 2024-yilning 30-iyunida yakunlangan yarim yillik hamda 2024-yilning 31-dekabrida yakunlangan yil uchun MHXS asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini tezkor tayyorlash xizmati xarid qilinmоqdа.

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son Qarorining 1-moddasi talablaridan kelib chiqib, “Hududgaztaʻminot” AJning 2024-yilning 30-iyunida yakunlangan yarim yillik hamda 2024-yilning 31-dekabrida yakunlangan yil uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini MHXS asosida tezkor tayyorlash xizmati bo‘yicha konsalting korxonasini tanlash bo’yicha texnik topshiriq ilova qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida koʻrsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari toʻgʻrisida maʻlumotlarni tijorst taklifda berishingizni so’raymiz.

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi,
xizmat ko’rsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig`ida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanilishi kerak.

Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

12.12.2024 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -