“Hududgazta’minot”AJda ISO14001 va ISO 45001 tizimlari talablarini tadbiq etish bo’yicha
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot”AJda ISO14001 “Atrof-muhitni boshqarish tizimi” va ISO 45001 “Sog’liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimlari talablarini tadbiq etish bo’yicha sertifikatlash, ichki auditni o’tkazishda ekspert tashkilotning xizmatlari xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig’ida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777