“Hududgaztaʻminot” AJning 2024-yil yarim yillik, 2024-yil yillik va 2025 yil chorakli hisobotlarini MHXS asosida tayyorlash maqsadida autsors xizmati
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son Qarorining 1-moddasi talablaridan kelib chiqib “Hududgaztaʻminot” AJning 2024-yil yarim yillik, 2024-yil yillik va 2025 yil chorakli hisobotlarini MHXS asosida tayyorlash maqsadida autsorsing xizmati xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorst taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, xizmat ko’rsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig’ida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ilova: texnik topshiriq
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777