“Hududgazta’minot” AJ uchun NFC markirovkalar yetkazib berish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ uchun Respublika iste’molchilarini suyultirilgan gaz bilan manzilli ta’minlashda hisobini to‘g‘ri yuritish hamda korrupsiya holatlarni oldini olish va iste’molchilariga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish maqsadida, zamonaviy elektron identifikatsiyalashgan NFC markirovkalar pilot rejimida ishga tushirish uchun Andijon viloyatiga 70 000 dona va Surxondaryo viloyatiga 5 000 dona, jami 75 000 dona maishiy gaz ballonlarga zamonaviy elektron identifikatsiyalashgan NFC markirovkalar yetkazib beruvchi korxonasi bilan elektron davlat xaridlari tizimi orqali shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Siz taqdim etgan ma’lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:
a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)
• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;
• yetkazib berish davriyligi: _____________;
b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko’rsatish imkoniyati: __________.
v) to’lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume’tirof etilgan qoidalariga muvofiq;
d) tovarlarning saqlash muddatiga qo’yiladigan talablar: _____________;
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ilova: texnik topshiriq.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi (+998909618777)