“Hududgazta’minot” AJ uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish xizmati xarid qilinmоqdа
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ obyektlari hamda gaz to‘ldirish stansiyalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda “Turmushda gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari” idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish xizmati xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi (909618777)
