“Hududgazta’minot” AJ uchun ID kartalarini yetkazib berish - «Hududgaz komplektatsiya»

“Hududgazta’minot” AJ uchun ID kartalarini yetkazib berish

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ uchun Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni yetkazib berishda mavjud infrastrukturani yanada yaxshilash, shuningdek filiallar ehtiyojlarini kelib chigib, “Hududgaz Andijon” GTFga 15 000 (o’n besh ming) dona, “Hududgaz Farg’ona” GTFga 5 000 (besh ming) dona, “Hududgaz Qashqadaryo” GTFga 30 000 (o’ttiz ming) dona, “Hududgaz Qoragolpog’iston” GTFga 2 000 (ikki ming) dona, “Hududgaz Surxondaryo” GTFga 20 000 (yegirma ming) dona, jami 72 000 (yetmish ikki ming) dona ID kartalarini yetkazib beruvchi korxonasi bilan elektron davlat xaridlari tizimi orqali shartnoma tuzish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.


Siz taqdim etgan ma’lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:

a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)

• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;

• yetkazib berish davriyligi: _____________;

b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko’rsatish imkoniyati: __________.

v) to’lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume’tirof etilgan qoidalariga muvofiq;

d) tovarlarning saqlash muddatiga qo’yiladigan talablar: _____________;

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanishi kerak.

Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

Ilova: texnik topshiriq.

Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi (+998909618777)

17.07.2025 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -