“Hududgazta’minot” AJ uchun chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish bo'yicha - «Hududgaz komplektatsiya»

“Hududgazta’minot” AJ uchun chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish bo'yicha

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ uchun chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish, suvdan foydalanish samaradorligini boshqarish, shuningdek, suv iste’moli, issiqxona gazlarining bilvosita va to’g’ridan to’g’i chiqindilarini baholash sohasidagi ma’lumotlarni (yillik hisobot loyihasini) xalqaro standartlariga (AA1000AS va ISAE 3000) muvofiq ko’rib chiqilib tasdiqlash uchun belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar xizmati xarid qilinmоqdа.

O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig’ida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.

Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

Тeхническое задание eco.pdf

Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777

04.04.2025 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -