“Hududgaz Qoraqalpog’iston” GTF uchun “Atrof muxitga ta’siri to’g’risida bayonot” loyihasini (ZVOZ) ishlab chiqish - «Hududgaz komplektatsiya»

“Hududgaz Qoraqalpog’iston” GTF uchun “Atrof muxitga ta’siri to’g’risida bayonot” loyihasini (ZVOZ) ishlab chiqish

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” Ajning “Hududgaz Qoraqalpog’iston” GTF uchun O’zbekiston Republikasining Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan Qo’ng’irot tumani “Elabad” posyolkasi hududida tashkil etilayotgan “Qoraqalpog’iston kimyo texnoparki” texnologik klasterlarini tashqi gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish obyektini davlat ekologik ekspertizasi xulosasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan “Atrof muxitga ta’siri to’g’risida bayonot” loyihasini (ZVOZ) ishlab chiqish xizmatlari xarid qilinmoqda.

O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.

Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777

07.05.2025 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -