“Hududgaz Qoraqalpog’iston” GTF tasarrufidagi “Qurilish va montaj” boshqarmasining xodimlarini malakasini oshirish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” Ajning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 360-son qaroriga asosan “Hududgaz Qoraqalpog’iston” gaz ta’minoti filiali tasarrufidagi “Qurilish va montaj” boshqarmasining xodimlarini malakasini oshirish hamda guvoxnoma bilan ta’minlash, “Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi” tomonidan tabiiy gaz faoliyatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani yangilash xizmatlar xarid qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni komplektatsiya@hududgaz.uz yoki hududgazk@gmail.com elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777