“Hududgaz Qashqadaryo” GTF xodimlari mehnat muhofazasi bo`yicha malakasini oshirish o'quv kurslari - «Hududgaz komplektatsiya»

“Hududgaz Qashqadaryo” GTF xodimlari mehnat muhofazasi bo`yicha malakasini oshirish o'quv kurslari

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ tarkibidagi “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta`minoti filiali uchun faoliyat olib borayotgan 21 nafar xodimlarni mehnat muhofazasi bo`yicha malakasini oshirish bo`yicha o`qitish ishlari xarid qilinmоqdа.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog’liq tartib-tamoillarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarorida belgilangan tartiblari doirasida, biriktirilgan texnik topshirig`iga muvofiq ish(xizmat) narxlari va o’kazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘raymiz.

Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan bir o`quv soati narxi, kurslar tavsifi, shu jumladan yetkazib berish muddati va ushbu texnik topshirig`ida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.

Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

Ilova: texnik topshiriq

Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi. Tel.: +998909618777

25.10.2024 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -