“Hududgaz Navoiy” GTF suyultirilgan gazning sarf me’yori va texnologik yo‘qotishlar hisobini yuritish maqsadida me‘yor ishlab chiqish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ “Hududgaz Navoiy” GTFning Uchquduq tumanidagi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadigan ko‘pqavatli uylardagi iste’molchilarga “gazgolder” qurilmasi orqali yetkazib berilayotgan suyultirilgan gazning sarf me’yori va texnologik yo‘qotishlar hisobini yuritish maqsadida me‘yor ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar xizmati xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
