“Hududgaz Farg’ona” GTFdagi ob’ektlarining qo’shimcha o’rnatilgan uskuna va jihozlarni loyiha hujjatlariga o’zgartirish kiritish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning “Hududgaz Farg’ona” GTFdagi “Dang’ara gaz to’ldirish shahobchasi” va “So’x gaz to’ldirish shahobcha”larini xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini akkreditatsiyaga ega bo’lgan tashkilot tomonidan sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o’tkazish hamda qo’shimcha o’rnatilgan uskuna va jihozlarni loyiha hujjatlariga o’zgartirish kiritish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan loyiha istituti va ekspertiza xulosasini berish xuquqiga ega bo’lgan tashkilotlar xizmatlari xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig’ida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777