“Hududgaz Farg’ona” GTF uchun avtotransport vositalarini yurish me’yorini hamda yo’qilg’i sarfini nazorat qilish uchun yo’l varaqalari
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning “Hududgaz Farg’ona” GTF uchun avtotransport vositalarini yurish me’yorini hamda yo’qilg’i sarfini nazorat qilish uchun yengil turdagi avtotransportlar uchun 70 000 dona va yuk avtotransportlari uchun 130 000 dona yo’l varaqalari xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777