“Hududgaz Andijon” GTF uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o’tkazib berish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentyabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi O’RQ-57-sonli qonunining 15-moddasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Andijon” GTF tasarrufidagi “Qo’rg’ontepa, Shaxrixon, Asaka gaz to‘ldirish shahobchasi” hamda boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarini akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilot tomonidan sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o’tkazib berish xizmati xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777