GTSlar orqali yetkazib berilayotgan tabiiy gaz tarkibi va sifatini GOST 5542-2022 xalqaro standarti talablariga mosligini aniqlash
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning “Hududgaz Poytaxt” GTF uchun Toshkent shahriga GTSlar orqali yetkazib berilayotgan tabiiy gaz tarkibi va sifatini GOST 5542-2022 xalqaro standarti talablariga mosligini aniqlash uchun mustaqil labaratoriya xizmatlari xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777