Elektr materiallar
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK GTF tasarrufidagi shahar va tumangaz ta’minoti ma’muriy binolarga zaruriy elektr materiallarni (keyingi o'rinlarda tovarlar/ishlar, xizmatlar) yetkazib berish bo'yicha elektron tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rayman.
№ п/п | Tovar/ish, xizmatlar nomi | Tovarlarning sifati, texnik tavsiflari, xavfsizligi, funktsional xususiyatlari (iste'mol xususiyatlari), o'lchamlari, qadoqlanishi, jo'natilishi va boshqa zarur ko'rsatkichlarga qo'yiladigan talablar | Miqdori |
1 | Led panel (tashqi) 36 V | dona | 110 |
2 | Led panel (tashqi) 24 V | dona | 110 |
3 | Led panel (ichki) 24 V | dona | 25 |
4 | Led panel (ichki) 18 V | dona | 20 |
5 | Provodka (sim) PVS 2x4 | metr | 100 |
6 | Provodka (sim) PVS 2x2,5 | metr | 100 |
7 | Rezetka (ichki) | dona | 30 |
8 | O’chirgich (ichki) | dona | 30 |
9 | Led lampochka 18 V | dona | 30 |
10 | Led lampochka 36 V | dona | 30 |
11 | Projektor 150 V | dona | 10 |
Siz taqdim etgan ma'lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:
a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)
• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;
• yetkazib berish davriyligi: _____________;
b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati: __________.
v) to'lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq;
d) tovarlarning saqlash muddatiga qo'yiladigan talablar: _____________;
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so'rovda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.
Javoblaringizni [email protected] elektron pochta orqali. va/yoki korxona ofisiga yuboring.