Dizelgenerator
Korxona Raxbarlariga
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK dizelgeneratorlari (keyingi o'rinlarda tovarlar/ishlar, xizmatlar) yetkazib berish bo'yicha elektron tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rayman.
№ п/п | Tovar/ish, xizmatlar nomi | Tovarlarning sifati, texnik tavsiflari, xavfsizligi, funktsional xususiyatlari (iste'mol xususiyatlari), o'lchamlari, qadoqlanishi, jo'natilishi va boshqa zarur ko'rsatkichlarga qo'yiladigan talablar | O’lchov birligi. | Miq-dori |
1 | Dizelgenerator 156kVT | Maksimal kuchlanishi – 164/200kVt. O’rtacha kuchlanishi- 156/188kVt. Chiqish kuchlanishi – V 350/400. Yoqilg’I sarfi – 20 l/soat. Yoqib o’chirish – elektron. Faza soni – 3 faza. | dona | 6 |
2 | Dizelgenerator 100kVT | Maksimal kuchlanishi –110kVt. O’rtacha kuchlanishi - 100kVt. Chiqish kuchlanishi – V 180. Yoqilg’I sarfi – 20 l/soat. Yoqib o’chirish – elektron. Faza soni – 3 faza. | dona | 39 |
Siz taqdim etgan ma'lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:
a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)
• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;
• yetkazib berish davriyligi: _____________;
b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati: __________.
v) to'lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq;
d) tovarlarning saqlash muddatiga qo'yiladigan talablar: _____________;
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so'rovda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.
Tijorat takliflaringizni 2023-yil 7-aprelgacha [email protected], elektron pochta orqali. va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.