davlat qiyoslov ko’rigidan o’tkazish - «Hududgaz komplektatsiya»

davlat qiyoslov ko’rigidan o’tkazish

Korxona Raxbarlariga.

Tijorat takliflarni taqdim etish boyicha sorovnoma

“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJ Gaz to’ldirish shaxobchalarida ishlab chiqarish zavodlaridan maxsus avtotransportlar orqali tashib keltirilgan SUGni o’lchab olish uchun “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tasarrufidagi shaxobchalarida foydalanib kelinayotgan 60 tonnali ZEMIC A9-rusumli avtotarozilarni davlat qiyoslov ko’rigidan o’tkazish bo’yicha ishlari xarid qilinmoqda.

Avtotarozilarni davlat standart ko’rigidan o’kazuvchi tashkilot tomonidan sinov jarayonlari maxsus uskunalar orqali amalga oshirilishi, avtotarozilarini ma’lum darajada sozlash va muhrlash ishlari bajarilishi shart.

Tashkilot taqdim etgan javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati
va ishlar narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan ishlar birligi narxi, ishlar tavsifi, shu jumladan sinovdan o’tkazish ishlari bajarilishi (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig`ida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha taklifning umumiy narxi bir ma'noda aniqlanishi kerak.

Tijorat taklifni komplektasiya.uk.20@inbox.ru ([email protected]) elektron pochta orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.

Автомобильные весы металлоконструкция Названия «Тарози-М» в Ташкенте, цена  10000000 сум от ETALON TAROZI, купить в Ташкенте на Stroyka.uz Техник_шарт_Tarozi_sinovdan_o'tkazish_19_06_2024_y.pdf

13.11.2024 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -