Chiqindi qutilarini yetkazib berish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning barcha GTFlari uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 787-son qarorining 3 -bob 8-bandi talablarini ijrosini ta’minlash maqsadida chiqindi qutilarini (426 dona) yetkazib beruvchi korxonasi bilan elektron davlat xaridlari tizimi orqali shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Siz taqdim etgan ma’lumotlarga quyidagilarni ham kiriting:
a) tovarlarni yetkazib berish tartibi:(misol)
• mahsulotni yetkazib berish muddati: _______________;
• yetkazib berish davriyligi: _____________;
b) elektron davlat xaridlari tizimida tovarlarni/ishlarni, xizmatlarni ko’rsatish imkoniyati: __________.
v) to’lov tartibi: elektron davlat xaridlari tizimining umume’tirof etilgan qoidalariga muvofiq;
d) tovarlarning saqlash muddatiga qo’yiladigan talablar: _____________;
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va tovar narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan tovar birligi narxi, tovar tavsifi, shu jumladan texnik tavsiflari va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777