“Atrof muxitga ta’siri to’g’risida bayonot” (ZVOS) loyihasini ishlab chiqish
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning 2024-yil gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq Toshkent shahri bo’yicha jami 8 ta obyektlarini davlat ekologik ekspertizasi xulosasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan “Atrof muxitga ta’siri to’g’risida bayonot” loyihasini (ZVOS) ishlab chiqishni uchun tegishli xizmatlar xarid qilinmоqdа.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, xizmat ko’rsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig’ida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ilova: texnik topshiriq тз.pdf
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777