3 bosqichlidan 2 bosqichli gaz tizimga o’tkazish maqsadida bosim rostlagich (regulyator) o’rnatish
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan “Hududgazta’minot” AJning Respublika hududlaridagi uy-joylarni 2025-2026 yil kuz-qish mavsumida uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun aholi xonadonlari gaz tizimini 3 bosqichlidan 2 bosqichli tizimga o’tkazish maqsadida bosim rostlagich (regulyator) o’rnatish uchun belgilangan tartibda lisenziyaga ega bo’lgan tashkilotlar bilan shartnoma imzolash rejalanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida ko’rsatilgan xizmatlar narxlari va xizmat ko’rsatish shartlari to’g’risida ma’lumotlarni tijorat taklifda berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo’lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi, (yetkazib berish) muddati va ushbu so’rovda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni [email protected] yoki [email protected] elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.