"21-oktyabr -O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" - «Hududgaz komplektatsiya»

"21-oktyabr -O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"

Ona tili bu millatning ruhidir. Ona tilimizda yangrayotgan har bir so'z insonga o'zgacha kayfiyat, o'zgacha tuyg'u va o'zgacha ishonch bag'ishlaydi. Muqaddas qadriyatlarimizdan biri bo'lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 32-yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida ,xususan "Hududgaz Komplektatsiya" unitar korxonasida ham bayram ko'taringi kayfiyatda davom etmoqda.Bayram munosabati bilan korxonamizda "Qadring baland bo'lsin ona tilim" shiori ostida targ'ibot ishlari va qizg'in davra suhbatlari olib borildi. Buyuk tarixga ega bo'lmish ona tilimizning qadri doimo baland bo'lsin.


21.10.2022 yil

Murojaat uchun:

Ish vaqti

  • Dushanba-Juma: 9:00 - 18:00
  • Shanba: -
  • Yakshanba: -