2024 moliyaviy yil yakuni bo’yicha soliq maslahatchi konsalting xizmati
Tijorat takliflarni taqdim etish bo’yicha so’rovnoma
“Hududgaz Komplektatsiya” UK tomonidan Jamiyatning 2024 moliyaviy yil yakuni bo’yicha hisoblanadigan soliqlar yuzasidan hamda soliqqa oid qonunchiliklarda bo’lgan o’zgarishlarni o’z vaqtida amalga oshirib borish uchun soliq maslahatchi konsalting xizmati xarid qilinmоqdа.
“Budjetga hisoblangan soliqlar va to’lovlarning soliq xizmati organlariga taqdim qilingan hisobotlarda to’g’ri aks ettirilishi yuzasidan soliq maslahati xizmatini xarid qilish uсhun” texnik topshiriq ilova qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-son Qonuni talablariga muvofiq, quyida koʻrsatilgan tovarlar/ishlar, xizmatlar narxlari va yetkazib berish shartlari toʻgʻrisida maʻlumot berishingizni so’raymiz.
Javobda taklif qilingan narxning amal qilish muddati va xizmat narxining hisob-kitobi bo‘lishi kerak. Jumladan: taklif mazmunidan xizmat birligi narxi, tavsifi,
shu jumladan xizmat ko’rsatish (yetkazib berish) muddati va ushbu texnik topshirig’ida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha shartnomaning umumiy narxi bir ma’noda aniqlanilishi kerak.
Tijorat taklifni komplektasiya.uk.20@inbox.ru yoki hududgazk@gmail.com elektron pochtalari orqali va/yoki korxona devonxonasiga yuborishingizni so’raymiz.
Ilova: texnik topshiriq
тз.pdf
Ijrochi: Ish va xizmatlarni xarid qilish bo’limi
Tel.: +998909618777